Toshkentning “Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeyev 2017 yilgi Oliy Liga mavsumida jamoasi raqiblari darvozasini 13 marta ishg‘ol etib “sherlar”ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Bu haqda “Paxtakor” FK Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumki, Samvel Babayan davrida terma jamoaning almashtirilmas yagona o‘yinchisiga aylangan Sergeyev “Paxtakor” tarkibida chempionat uchrashuvlarida 122 bellashuvda 64 ta gol urishga erishdi.
Ortda qolgan mavsumdagi 13 goldan 3 tasini esa penalti tepish orqali amalga oshirgan.
Sergeyev yana ikki to‘p kiritilishida jamoadoshlariga so‘nggi pasni bergan holda ishtirok etgan. Bir uchrashuvda o‘rtacha 2,4 martadan raqiblar darvozasiga zarba bergan.
To‘p oshirishlarining aniqligi 78 foizdan iborat bo‘ldi. Bir o‘yinda o‘rtacha hujumda 16 yakkakurashdan 7 tasini muvaffaqiyatli yakunlagan.
E’tiborli tomoni shundaki, Sergeyev 4-marta chempionat doirasida “Paxtakor” to‘purariga aylandi.
Igor 2014 yildan buyon “Paxtakor” klubi to‘purariga aylanmoqda. Ketma-ket to‘purarga aylanish borasida Sergeyev afsonaviy Birodar Abduraimov (1971-1973), Andrey Yakubik (1980-1982) va Igor Shkvirin (1998-2000) kabi futbolchilarning ko‘rsatkichlarini ortda qoldirib o‘tdi.
Mutloq rekord Gennadiy Krasnitskiyga tegishli bo‘lib, u 1963-67 yillarda ketma-ket 5 bor “Paxtakor” to‘purariga aylangan. Umumiy hisobda ham rekord Krasnitskiyga tegishli.
O‘zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi jami 10 marta “Paxtakor” to‘purari degan nomga ega chiqqan. Birodar Abduraimov esa 5 marta turli yillarda jamoa to‘purarligini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Igor Sergeyev O‘zbekiston terma jamoasiga Ro‘ziqul Berdiyev tayinlangandan so‘ng MTJ yig‘inidan taklif olmadi.
Shu bilan birga uning jamoadoshi Aleksandr Lobanov ham O‘zbekiston terma jamoasining BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yini (0:1) ga jalb etilmagandi.
Ma’lumot uchun, “Paxtakor” futbol klubi Oliy Liga-2017 mavsumini 59 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunladi va bronza medallarga ega chiqdi.
Shuningdek, “Paxtakor” o‘zida OChL musobaqasining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlarini saqlab qolgan.
Toshkentliklarning nufuzli musobaqa pley-off bosqichida o‘ynash yoki o‘ynamasliklari joriy yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvidan so‘ng aniq bo‘ladi.
Agar finalda “Lokomotiv” “Bunyodkor”ni mag‘lub etib, g‘alaba qozonsa pley-offga “sherlar” yo‘l olishadi agar buning aksi kuzatilsa, “Paxtakor” OChL yo‘llanmasidan quruq qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi