Kecha Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi bosh murabbiyligidan rasman ketgan Andre Villash-Boash o‘z intervyusida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov haqida to‘xtalib o‘tdi. Portugaliyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra u "Zenit"da ishlab yurgan chog‘laridayoq hamyurtimizning o‘yinlarini kuzatib borgan, biroq, piterliklar safida ushbu pozitsiyada futbolchilar yetarliligi sabab uni sotib ololmagan. Lekin, Xitoy klubiga kelgach u Ahmedovni o‘z jamoasiga taklif qilgan.
"Bir safar klub rahbariyati bilan Ahmedov masalasida gaplashganim rost. Lekin, aniq bir taklif bo‘lmagan.
Albatta, men uni Rossiya premer-ligasidagi o‘yinlarini kuzatib borganman, biroq, o‘shanda jamoamda Xavi Garsiya hamda Vitsellar bor edi. Biz Moutinoni sotib olishga kirishdik. Keyinroq jamoaga Yusupov hamda Maurisiolar kelib qo‘shilishdi. “Shanxay”ga kelganimda esa menga osiyolik legioner sotib olish masalasini qo‘yishdi va men darhol Odilni taklif qildim”, - deydi portugaliyalik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi