15:25 / 05.12.2017
4 765

YeChL. Neymar buyuk rekord ostonasida, Madridliklarning taqdiri esa o‘zgalar qo‘lida

YeChL. Neymar buyuk rekord ostonasida, Madridliklarning taqdiri esa o‘zgalar qo‘lida
Bugun, 5 dekabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining 6-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Jumladan, bugun “A”, “V”, “C” va “D” guruhlaridagi jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Demak, “Manchester Yunayted” o‘z maydonida Rossiyaning SSKA klubini qabul qilsa, “A” guruhidagi yana bir qiziqarli uchrashuv Portugaliyada “Benfika” va “Bazel” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Turning markaziy o‘yini Germaniyada “Bavariya” va “PSJ” klublari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Agar bugun mehmonlar tarkibida Neymar gol uradigan bo‘lsa yangi rekord o‘rnatadi.

Aniqrog‘i, Neymar YeChL guruh bosqichidagi har bir o‘yinda ketma-ket gol urgan ilk futbolchiga aylanib oladi.

“V” guruhida Shotlandiyaning “Seltik” klubi keyingi bosqichga chiqish umidini butkul uzgan “Anderlext” bilan bahs olib boradi.

Turning yana bir raqobatlarga boy o‘yini Londondagi “Stemford Brij” stadionida o‘tkaziladi.

Unda Madridning “Atletiko” klubi mezbon jamoa “Chelsi”ga qarshi maydonga tushadi.

“S” guruhida birinchi o‘rinni olib, muddatidan oldin keyingi bosqichga chiqish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga ulgurgan “Chelsi” bugungi bahsda guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlashni istaydi.

“Atletiko” jamoasi ham safarda qiyin o‘tkazishga qaramay, keyingi bosqichga chiqish istagida faqat g‘alaba uchun kurashadi.

Simeone shogirdlari 6 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Italiyaning “Roma” klubi hisobida 8 ochko bor, agar rimliklar bugun o‘z maydonlarida “Qorabog‘”ni mag‘lub eta olishsa, guruhda ikkinchi bo‘lib pley-off bosqichiga yo‘llanma olishadi.

“Atletiko” g‘alaba qozongan taqdirda ham uchinchi o‘rin bilan Yevropa Ligasiga ravona bo‘ladi.

“D” guruhida Kataloniyaning “Barselona” klubi Portugaliyadan tashrif buyurgan “Sporting”ga qarshi o‘z maydonida kuch sinashsa, “Yuventus” safarda Gretsiyaning “Olimpiakos” klubiga qarshi bellashadi.

Ma’lumot uchun, mazkur uchrashuvlar yakuniy natijasiga ko‘ra, YeChL pley-off bosqichiga yo‘l olgan 8 jamoa nomiga to‘liq aniqlik kiritiladi.

Barcha o‘yinlar 6 dekabr kuniga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.

YeChL, 6-tur.
00:45 “Manchester Yunayted” - SSKA
00:45 “Benfika” – “Bazel”
00:45 “Bavariya” – “PSJ”
00:45 “Seltik” – “Anderlext”
00:45 “Chelsi – “Atletiko”
00:45 “Roma” – “Qorabog‘”
00:45 “Barselona” - “Sporting”
00:45 “Olimpiakos” – “Yuventus”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YeChL. Neymar buyuk rekord ostonasida, Madridliklarning taqdiri esa o‘zgalar qo‘lida