Avval xabar berib o‘tganimizdek, Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasining 2018 yilgi mavsumida O‘zbekistonning 3 ta jamoasi ishtirok etadi.
Jumladan, Oliy Liga chempioni “Lokomotiv” guruh bosqichida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirok etsa, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan “Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari saralash bahslarida ishtirok etib, guruh bosqichiga chiqishga harakat qilib ko‘rishadi.
E’tiborlisi, OChLning yangi mavsumidagi ishtiroki bilan “Paxtakor” turnirda qatnashish bo‘yicha rekordchilardan biriga aylanadi.
Ya’ni “Paxtakor” va “Al-Hilol” jamoalari musobaqada 14-martadan ishtirok etadi. “Al-Ayn” va “Al-Sadd” bu borada bittadan past ko‘rsatkich sohibi sanaladi.
Ular turnirda 13-bor qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritishgan. “Chonbuk Motors” va “Sepaxon” OChLda 11 martadan qatnashgan.
Chempionlar ligasida “Paxtakor” jami 87 uchrashuvda maydonga tushgan va Osiyoda 4-natija sohibi hisoblanadi.
Ulardan 39 tasida g‘alaba qozongan va 133 ochko to‘plagan. Har ikki ko‘rsatkich Osiyoda 5-eng yaxshi natija sanaladi.
“Paxtakor” raqiblari darvozasiga 123 to‘p kiritib, 114 ta gol o‘tkazib yuborgan.
“Paxtakor” 2003 va 2004 yillarda Chempionlar ligasi yarim finalida ishtirok etgan.
“Paxtakor” 2018 yilgi musobaqani 30 yanvar kuni safarda pley-off bosqichida “Al-Garafa”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Qarshining “Nasaf” klubi esa xuddi shu kuni o‘z maydonida Iordaniyaning “Al-Faysali” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, “Paxtakor”ning ushbu natijasini O‘zbekistonning boshqa jamoalari hali takrorlashlariga ko‘p vaqt sarflashadi.
Shunda ham agar “Paxtakor” OChLda umuman ishtirok etmasa ularga “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalari yetib olishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

"Paxtakor"ning OCHL guruh bosqichidagi o‘yinlari taqvimi bilan tanishing

O‘zbekiston klublari Osiyo Chempionlar Ligasidagi 1 ta kvotadan mahrum bo‘ldi

12 fevral kuni Oʻzbekistonda ikkita xalqaro oʻyin boʻladi

Umid Ahmadjonov Osiyo chempionlar ligasida o‘zbek klublariga omad tiladi

OChL. “Lokomotiv”ning guruhdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

«Paxtakor» o‘z etakchilaridan birini asosiy raqibiga berib yubordi