
Joriy yilning oktyabr oyida professional faoliyatini boshlagan bokschimiz Rustam To‘laganov o‘zining ikkinchi professional jangini AQShning Illinoys shtatidagi “Civic Center” arenasida o‘tkazadi. Jang 2018 yil 13 yanvar kuniga belgilangan.
Mazkur jangda unga mezbon bokschi Martez Makgregor raqiblik qiladi. Bu bokschi shu vaqtgacha professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, To‘laganov birinchi professional jangida amerikalik Robert Gerroni ochkolar bo‘yicha mag‘lub qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar