FIFAning etika qo‘mitasi Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) prezidenti Marko Polo del Neroni 90 kun muddatga istalgan turdagi, xoh u xalqaro bo‘lsin, xoh milliy, futbolga aloqador barcha faoliyatdan chetlatdi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manbaning xabar berishicha, del Nero korrupsiyaga aralashishda gumon qilingan va hozirda uning ustidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. FIFA shu sababdan ham uni futboldagi faoliyatidan chetlatgan. Xabar qilinishicha, 15 dekabrdan kuchga kiradigan jazo vaziyatga qarab 45 kun ham davom etishi mumkin.
Del Nero 2015 yilning 27 mayida FIFAning ko‘plab yuqori mansabdor shaxslari kabi pora olganlikda gumon ostiga olingan. Shuningdek, Del Nero 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan JCh vaqtida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq korrupsion mojaroga ham aralashgan bo‘lishi mumkin.
2017 yilning mayidan boshlab mansabdorga Braziliyani tark etish taqiqlab qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda