O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandning Buriram shahrida bo‘lib o‘tgan M-150 Cup musobaqasi finalida Yaponiya U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasiga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv ancha qiziqarli ruhda o‘tdi. Avvaliga Zabihillo O‘rinboyev 43-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan vaqtda yaponiyaliklar standart vaziyatdan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar bilan boshlandi. Zabihillo O‘rinboyev 73-daqiqada yana bir bor mahoratini namoyish qildi va Doniyor Narzullayevning ajoyib uzatmasidan so‘ng ikkinchi golini kiritdi. Ammo o‘yin tugashiga oz fursat qolganda Yaponiya yoshlari yana standart vaziyatdan foydalanib, burchak to‘pidan so‘ng hisob tenglashdi.
O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan penaltilar seriyasida hamyurtlarimizning qo‘li baland keldi - 5:4
M-150 Cup. FINAL
O‘zbekiston U-23 - Yaponiya U-23 - 2:2.
Gollar: Zabihillo O‘rinboyev 45, Zabihillo O‘rinboyev 73 – Yuta Kamiya 45+2, Yuta Kamiya 88
O‘zbekiston U-23: Botirali Ergashev (Hamroyev Dilshod, 90+3), Islom Qobilov, Rustam Ashurmatov, Doniyor Narzullayev, Javohir Siddiqov, Odil Hamrobekov, Hojiakbar Alijonov, Azizjon G‘aniyev, Bobir Abduholiqov
(Oybek Rustamov, 81), Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O‘rinboyev (s)
Yaponiya U-23: Povell Obinna, Yugo Tatsuta, Xonoya Syouji, Itsuki Urata, Yoichi Naganuma, Yuta Kamiya (s) , Reo Xatate, Taiki Xirato, Kaoru Mitoma, Shion Inouye, Ayase Uyeda.
Penaltilar seriyasi: 5:4
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi