5 460
O‘FFda milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi klublar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining majlislar zalida federatsiya va PFL rahbariyati hamda milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi klub rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar qatoridan 2018 yil Superliga va Pro-ligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo‘yiladigan talablarning qay tarzda bajarilayotgani, kelasi mavsumdan boshlab Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati nazorat qilib borilishi kabi masalalar o‘rin oldi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti Shoakrom Isroilov milliy chempionatni kuchaytirish va o‘zbek futboli saviyasini yanada oshirish maqsadida Superligada ishtirok etadigan klublar futbolchilarining jismoniy tayyorgarlik holatiga nisbatan ham alohida talablar belgilab, mazkur talablarni bajarilishi bo‘yicha 2-bosqichda monitoring ishlari amalga oshirilishi haqida xabar berdi.
Birinchi bosqichda maxsus test sinovlari orqali futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik holati o‘rganilsa, ikkinchi bosqich mavsum boshlanishidan avval o‘tkazilib, ushbu bosqichda futbolchilarning belgilangan normativlarni bajara olish yoki olmasligi ko‘rib chiqiladi. Belgilangan normativlarni bajara olmagan klub futbolchilari 2018 yil mavsumida ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Shundan so‘ng, PFL bosh direktori Omon G‘ofurov so‘z olib, milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar murabbiylari va xodimlarining malakasini oshirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi.
Jumladan, shu yilning 20-21 dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida joylashgan “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar shifokorlari uchun seminar tashkil etiladi. 2018 yilning yanvar oyida esamilliy chempionatimizda ishtiroketayotgan klublar murabbiylari Janubiy Koreyaning Key-ligasida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Shuningdek, futboli rivojlangan Yevropa davlatlarida ham klublar murabbiylari va xodimlari uchun mana shunday seminarlar tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilayotgani haqida qo‘shimcha qildi. Bu chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad milliy chempionatimiz saviyasini oshirish, o‘zbek futbolini yuqori bosqichga olib chiqish ekani alohida ta’kidlandi.
Majlis so‘ngida milliy chempionatimizda ishtirok etadigan klublar PFL tomonidan qo‘yilgan talablarni o‘z vaqtida bajaralishini ta’minlash zarurligi, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida PFLga hisobot berib turilishi kerakligi yana bir bor ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda