Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Taylandda o‘tgan Xalqaro musobaqa finalida Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, chempionlikni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Bugun terma jamoamiz vakillari tong saharda yurtimizga qaytib kelishdi. Chempionlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida O‘FF mas’ullari, futbolchilarning yaqinlari, muxlislar va OAV xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi.
O‘FF vitse-prezidenti Shoakrom Isroilov vakillarimiz qo‘lga kiritgan bu natija katta g‘alabalarning boshlanishi ekanini, mazkur futbolchilar kelgusida milliy terma jamoamiz tarkibida ham shunday yutuqlarga erishib, xalqimizni xursand qilib yurishi uchun birgalikda harakat qilish zarurligini ta’kidladi.
Yoshlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov xalqaro musobaqa haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
“Bu musobaqa yanvarda boshlanadigan Osiyo chempionati oldidan biz uchun tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. Musobaqa davomida futbolchilarning holatini ko‘zdan kechirib, turli taktikalarni sinovdan o‘tkazdik. Asosiy maqsadimiz yanvarda Xitoyda bo‘ladigan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etish. Tarkibimizdagi ko‘plab yoshlar katta salohiyatga ega. Ularning darajasini yanada oshirib, milliy terma jamoaga munosib nomzodlarni tayyorlash uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz”. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi