13:15 / 26.12.2017
6 510

Umid Ahmadjonov: «Samvel Babayan O‘zbekiston xalqini aldadi»

Umid Ahmadjonov: «Samvel Babayan O‘zbekiston xalqini aldadi»
O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Axmadjonov O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2018 yilgi jahon chempionatiga olib chiqa olmagan sobiq murabbiy Samvel Babayan xaqida o‘ta keskin fikrlar bildirdi.

“Ha, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmadi. Janubiy Koreya terma jamoasi bilan o‘yinga 10 kun qolganida Samvel Babayan futbolchilarni jismoniy holatiga ma’sul murabbiyini Gollandiyadan taklif etdi.

Axir, o‘yinga 10 kun qolganda qanday qilib futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilash mumkin? Odamlar chiqib qolgan qornini yo‘qotish uchun yillar davomida shug‘ullanishadi. 10 kun ichida fizika qonunlari o‘zgarishi mumkinmi?

Faqat mo‘jiza evaziga biz jahon chempionatiga chiqishimiz mumkin edi. “Men Gollandiyadan murabbiy taklif etdim” – Babayan bu so‘zlari bilan shunchaki O‘zbekiston xalqini aldadi.
Nimaga Babayan oldinroq bu haqda o‘ylamagandi, yoki nega har bir o‘yinda futbolchilarning jismoniy holatini puxtalik bilan o‘rganmadi?

Nimaga Babayan har doim Igor Sergeyevni maydonga tushiraverdi? Chunki, uning maqsadi Sergeyevni chet elga sotish edi. Babayanga o‘xshagan murabbiylarning ko‘ziga faqat oldi sotdi va futbolchilar ustidan pul ishlash maqsadi ko‘rinadi” – dedi O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov.

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin (0:0) dan so‘ng milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilgandi.

Manba: stadion.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov: «Samvel Babayan O‘zbekiston xalqini aldadi»