
“Napoli” va “Uotford” klubi sobiq bosh murabbiyi Valter Matssarri faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, italiyalik mutaxassis “Sevilya” klubini boshqarishi mumkin. Chunki 56 yoshlik murabbiyning xizmatlariga ispaniyaliklar qiziqish bildirishmoqda.
Xabarlarga qaraganda, “Sevilya” klubi rahbariyati allaqachon Valter Matssarri bilan muzokaralarni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, andalusiyaliklarga ustozlik qilayotgan Eduardo Berisso esa iste’foga chiqarilgan.
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq O‘zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati Valter Matssarrini MTJ bosh murabbiyligiga nomzod sifatida qarab, muzokaralar olib borilayotgan mutaxassislar orasida mavjudligi qayd etilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar