Professional ringda muvafaqqiyatli faoliyat olib borayotgan professional bokschimiz Jamshidbek Najmiddinov (15-1-0, KO10) o‘zining navbatdagi jangini 30 dekabr kuni Qozog‘istonning Alma Ata shahrida o‘tkazadi.
Mazkur boks kechasida hamyurtimizga qarshi indoneziyalik Xero Tito (Hero Tito) (37-12-2, KO8) ringga ko‘tariladi. Buka Boxing va Timurlan Promotion promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilinayotgan jangda g‘olib bokschi WFA (World Fighting Assotiation) versiyasi bo‘yicha jahon chempionligi va kamarini qo‘lga kiritadi.
– O‘ylaymanki, indoneziyalik bokschi bu yerga mag‘lubiyat uchun kelayotgani yo‘q, ammo men ham Vatanim uchun g‘alaba qozonishga va bayrog‘imizni yuqori ko‘tarishga harakat qilaman. Kirib kelayotgan yangi 2018 yilga halqimizga, muxlislarimizga munosib sovg‘a bo‘lishi uchun bor kuchimni va mahoratimni ishga solishga va’da beraman, – deydi bokschimiz SPORTS.uz internet portaliga.
Eslatib o‘tamiz, Jamshid Najmiddinov so‘nggi marta 18 noyabr kuni ringga ko‘tarilib, Mansur Abdumamatovni texnik nokautga uchratgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi