2015 yilgi mavsumda Qarshining "Nasaf" jamoasi tarkibiga kelib qo‘shilgan sloveniyalik himoyachi Roy Rok o‘zining maydonni ko‘ra bilishi va mudofaa chizig‘idagi ishonchli o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislarda iliq taassurot qoldira olgan edi. Ammo, salomatligi bilan bog‘liq muammolar sababli futbolchi birinchi davradan so‘ng jamoaga yordam bera olmagach klub bilan xayrlashgandi.
SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, ushbu himoyachi "Nasaf"ga qaytmoqda. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan davr davomida Roy o‘z sog‘ligini tiklab olgan va sport formasini ham optimal xolatda ushlab turgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “ajdarlar” himoyachi bilan kelishuvga erishishgan. Ayni paytda tomonlar viza masalasini hal qilishmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi "ajdarlar" safiga Turkiya yig‘ini doirasida qo‘shiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas