Gvardiola buyuk murabbiy, ammo yaxshi odam emas

Yuqoridagi jumla menga tegishli emas. Unda bu gaplar kimniki deb o‘ylayapsizmi? Unda quyidagi maqolani o‘qishni tavsiya etamiz, deb yozmoqda Stadion.uz sayti.
Xosep Gvardiola “Bavariya” bilan Bundesligada hukmronlik o‘rnatayotgan bo‘lsa ham, ko‘plab mashhur insonlar uning o‘yin uslubi va insoniylik jihatlarini tanqid qilishadi. “Mevali daraxtga tosh otishadi”. Gvardiolaga ham oxirgi 1 yil ichida juda ko‘p “tosh”lar otilmoqda. Biz Ispaniyalik murabbiy sha’niga aytilgan tanqidiy fikrlar jamlanmasini e’tiboringizga havola etamiz.
Urs Mayer (FIFAning sobiq hakami)
"Gvardiola uchun texnik zona mavjud emas. U nafaqat texnik zonani tark etadi, balki burchak bayrog‘i oldiga ham kelib qoladi. Natijada odamlarda unga hamma narsa mumkin, degan tassurot tug‘iladi. U o‘zining bu hulqi bilan hakamlarga hurmatsizlik qilmoqda va ularni obro‘sizlantirmoqda". (2015-yil fevral)
Ditmar Xamann (Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi)
"Menimcha klub boshqa murabbiy taklif etsa ham hech narsa yo‘qotmaydi. Agarda Gvardiolani o‘n ballik tizimda baholash kerak bo‘lsa, unga besh baho qo‘ygan bo‘lardim”. (2015-yil sentyabr)
Mattias Zammer ("Bavariya" sport direktori)
"Albatta, hammani ham birday rozi qila olmaymiz. Germaniyaliklar Gvardiolaning nima haqida o‘ylayotganini tushungani yo‘q. Barcha munozaralarda o‘yin sistemasidan Gvardiolaning g‘oyalari o‘zgacha ekanligi gapirilmoqda. Agar sistemani o‘zgartirmas ekansan, o‘zingni yopib qo‘ygan bo‘lasan. Buni tushunish Germaniya uchun yangilik bo‘lmoqda. (2014-yil dekabr)
Karl-Xayns Rummenigge ("Bavariya" boshqaruvi raisi)
"Gvardiola - daho. Ammo jamoamizning to‘p nazoratiga asoslangan o‘yinini kuzatib, uning chashmalari Van Galga borib taqalishini sezasan. O‘z vaqtida biz Van Gal bilan shartnoma tuzganimizda, undan jamoaga taktik va texnik tarafdan yangi falsafa olib kirishini xohlagan edik. U buning uddasidan chiqdi. (2014-yil mart)
Gerbert Fandel (Germaniya futbol ittifoqi (DFB) hakamlar qo‘mitasining raisi)
"O‘yin vaqtida hayajonlar vujudga kelishini tushungan holda aytishim mumkinki, Gvardiola haddidan oshmoqda. Texnik zonani tark etib, burchak bayroqchasi oldigacha keladigan murabbiyni tribunaga haydash kerak. "Shalke" bilan uchrashuvda uning ogohlantirilgani, oxirgisi bo‘lib qolishi kerak”. (2015-yil fevral)
Diter Shatsshnayder ("Gannover" sobiq hujumchisi)
"Bavariya" jamoa emas! Ularning murabbiylarini hoziroq iste’foga jo‘natgan bo‘lardim. Agar Pep jahonning eng kuchli murabbiyi bo‘lsa, demak men aqlsizman. U "Frayburg"ga qarshi o‘yin o‘z jamoasini ruhlantira olmadi". (2015-yil may)
Xorxe Fernandes Dias (Ispaniya ichki ishlar vaziri)
"Gvardiolaning qilmishi afsuslanarli. U niqobini echayotganini ko‘rib turibmiz. U Ispaniya termasida vatanparvarligi sababli emas, siyosiy-iqtisodiy sabablar bilan o‘ynagan. Pulni xudo deb biladigan insonlar bor”. (2015-yil iyul)
Mino Rayola (Zlatan Ibragimovichning agenti)
"Ibragimovichni "Barselona"ga aynan Gvardiola olgan edi, ammo u bilan juda yomon munosabatda bo‘ldi. U buyuk murabbiy, ammo yaxshi odam emas". (2015-yil fevral)
Furqat Yusupov
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing