
Qoidasiz janglar ixlosmandlari ovoz berish orqali 2017 yilning eng yaxshi nokautini tanlashdi. UFC 218 musobaqasida Fransis Ngannuning Alister Overimga qarshi jangdagi nokauti UFC’ning tvitterdagi sahifasida o‘tkazilgan ovoz berish natijasiga ko‘ra 2017 yilning eng yaxshi nokauti deb topildi.
2-o‘rinni Mett Braun (Diyego Sanchesga qarshi jangda tirsak bilan nokaut), 3-o‘rinni Edson Barboza (Benil Dariushga qarshi jangda sakrab tizza bilan nokaut) va 4-o‘rinni Mayk Perri (Jeyk Ellenbergerga qarshi jangda tirsak bilan nokaut) egalladi.
Avvalroq nufuzli HBO telekanali kanadalik bokschi David Lemening amerikalik Kertis Stivens bilan jangdagi nokautini boksdagi 2017 yil nokauti deb tan olgandi.
Devastating KOs happened all throughout 2017. What was your favorite KO of the year? Vote below ⤵️ pic.twitter.com/4OnxKZAxCk
— UFC (@ufc) January 3, 2018
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar