20:51 / 07.01.2018
6 884

Futbolga oid yangi qarordan “Sport” telekanali sharhlovchisi Farruh Rasulov nimalar kutmoqda?

Futbolga oid yangi qarordan “Sport” telekanali sharhlovchisi Farruh Rasulov nimalar kutmoqda?
22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida sport, xususan futbol rivojiga e’tibor haqida so‘z bordi.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasi va umuman futbolga ham e’tibor qaratilishini aytib o‘tdi.

- Futbolga endi alohida e’tibor qaratamiz. Futbolimizga xorijdan murabbiy olib kelamiz. Futbolga oid yangi qarorni uzog‘i bilan 10 yanvargacha chiqaramiz, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Xo‘sh, millionlar o‘yinini rivojlantirishga bag‘ishlangan qaror qanday bo‘ladi? Unda nimalar aks etadi? Yangi qarordan nimalar kutilmoqda? Qanday ishlar bajarilishi mumkin? Shu va shunga o‘xshash savollarga javob topish maqsadida futbol jamoatchiligining fikrlari bilan qiziqdik.

Farruh Rasulov “Sport” telekanali sharhlovchisi: - Yangi qarorda bolalar murabbiylarining malakasini oshirishga va ularni chet elda malaka va tajriba oshirib kelishlari uchun imkoniyat yaratilib berilishiga e’tibor qaratilishini istardim. Shunda ertamiz egalari hisoblangan bolakaylarni yoshligidan to‘g‘ri uslubda yetishtirib chiqarish mumkin. Bunda asosan Yevropa, misol uchun Belgiya, Gollandiya va Portugaliya futbol maktablari bilan hamkorlik qilish lozim deb o‘ylayman! Shuningdek, yana bir masala bu futboldagi korrupsiyani ildizi bilan yo‘q qilish hamda kelishilgan o‘yinlarga chora ko‘rish hakida ham alohida band bo‘lishini xohlardim. Yana bir istaganim bu maktablarda futbol darsligi alohida soat qilib kiritilishi. Bu yo‘nalish bizga kelajagi bor tug‘ma iste’dodli futbolchi bolakaylarni topish va ularni kashf etish imkonini juda oshirardi. Bu yana maktablarda qizlar ham futbol bilan yaqinroq bo‘lishlari va xuddi o‘g‘il bolalar kabi ularning orasidan ham bu sportga mehr qo‘yadiganlari va iste’dod sohibalarini aniqlab olishga katta xizmat qilardi, - deydi sharhlovchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbolga oid yangi qarordan “Sport” telekanali sharhlovchisi Farruh Rasulov nimalar kutmoqda?