
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi himoyachisi Akrom Komilov ilk turdagi mag‘lubiyatdan futbolchilarning kayfiyati yaxshi emasligi va ular ushbu vaziyatni to‘g‘rilash uchun qattiq harakat qilishlarini aytdi.
“Ilk uchrashuvdagi mag‘lubiyat bizga qattiq ta’sir qildi, ammo vaziyatni to‘g‘rilash uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solishga tayyormiz. Ilk mag‘lubiyat qattiq ta’sir qildi. Ushbu turnirga yaxshi maqsadlarni ko‘zlab kelgandik. Umid qilaman, barchasini to‘g‘rilaymiz va keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozona olamiz”, - deydi himoyachi.
“Muxlislarimiz keyingi uchrashuvlarda ham bizni qo‘llab-quvvatlashlariga ishonamiz. Buning uchun biz ham albatta, qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz”, - deydi Komilov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar