"Paxtakor" jamoasining 30 yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasi pley-off uchrashuvi boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Dohadagi "Tani Bin Jassim" stadionida o‘tadigan "Al-Garafa" - "Paxtakor" bellashuvi Toshkent vaqti bilan 30 yanvar kuni 22:00da boshlanadi (mahalliy vaqtda 20:00).
Raqib safida ba’zi o‘zgarishlar kuzatilgani e’tiborga molik. Jumladan, bosh murabbiy etib turkiyalik Byulent Uyg‘un tayinlandi. Gollandiyalik yarim himoyachi Uesli Sneyder va eronlik hujumchi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzolandi.
Sneyder yangi jamoasi tarkibida debyut qilishga ulgurdi. "Garafa" "Al-Ahli"dan 2:1 hisobida ustun keldi.
"Paxtakor"ning bo‘lajak raqibi OChL uchrashuviga qadar Qatar chempionatida ikki o‘yin o‘tkazadi. 20 yanvar kuni safarda "Umm-Salal", 25 yanvar kuni uyda "Al-Sadd"ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi