“Nasaf” o‘z tarkibiga yana bir serbiyalik futbolchini qo‘shib oldi. Endi jamoamiz tarkibida uch yevropalik va bitta osiyolik legioner futbolchilar to‘p tepishadi. Slavko Lukich ayni paytda Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan jamoamiz mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Legioner futbolchi bilan kelishuv, kuni kecha rasmiylashtirildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.
Slavko Lukich, 30 yanvar kuni “Markaziy”da bo‘ladigan, “Al Faysaliy”ga qarshi uchrashuvda “Nasaf” tarkibida maydonga tushishi mumkin. Futbolchini OChL pley-off uchrashuviga ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Quyida futbolchi haqidagi umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
Ismi sharifi: Slavko Lukich
Tug‘ilgan sanasi: 14.03.1989 (28 yosh)
Belgrad shahrining “Crvena Zvezda” klubi tarbiyalanuvchisi
Bo‘yi: 182 sm
Og‘irligi: 80 kg
Ampluasi: o‘ng qanot himoyachisi
Fuqaroligi: Serbiya
Klubi: “Spartak” (Trnava, Serbiya)
O‘ynagan klublari:
2007 – 2008 yillar “Morava Velika Plana” FK
2009 - 2012 yillar “Smederevo” FK
2012 - 2013 yillar “Novi Pazar” FK
2013 - 2014 yillar “Smederevo” FK
2014 - 2015 yillar “Suteshka Nikshich” FK
2015 - 2016 yillar “Teuta Durres” FK
2016 - 2017 yillar “Flamurtari Vloryo” FK
2017 yildan “Spartak” FK (Trvana, Serbiya)
Slavko Lukich o‘z vaqtida Serbiyaning U-16 va U-19 terma jamoalari tarkibida 21 marta maydonga tushgan.
Slavko Lukich “Nasaf” klubiga kelguncha Serbiyaning eng yuqori ligasi - Fortuna Ligasi ishtirokchisi “Spartak” klubida to‘p tepayotgan edi. “Spartak” bu liganing yetakchi klubi hisoblanadi va ayni paytda ham turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Ligada 12ta jamoa ishtirok etadi.
"Nasaf" jamoasi safiga yana yangi futbolchilar qo‘shilishi mumkin. Transfer ishlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda