
25 yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyada birinchi navbatda O‘zbekiston futbol federatsiyasi huquqiy shaklini futbol assotsiatsiyasiga o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng assotsiatsiyaga yangi prezidenti saylash marosimi o‘tkazildi. Avvalroq Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonov vakolatlarini topshirdi va uning o‘rniga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi Ochilboy Ramatov assotsiatsiya prezidenti etib saylandi.
Ochilboy Ramatov yangi lavozimga tayinlangach, ilk marta nutq so‘zladi. Nutq davomida Ramatov futboldagi barcha qing‘irliklar, muammolar haqida ochiqcha gapirdi. Quyida Ramatovning so‘zlagan nutqini tinglash mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar