O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi rahbari Ochilboy Ramatovning ta’kidlashicha, o‘z vaqtida «Bunyodkor»ga katta mablag‘lar sarflab olib kelingan braziliyalik mutaxassis Luis Felippe Skolari o‘zbek futboliga hech narsa bermagan.
Ochilboy Ramatov katta murabbiylar tezda natija bermasligi, o‘zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilgan ishlar evaziga bo‘lishi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tgan.
«Murabbiy ikki oyda hech narsa qilib bera olmaydi. Qanchalik zo‘r bo‘lsa ham. Hech kim birdan ko‘tara olmaydi. Eng zo‘ri bo‘lsayam. Ular ham oddiy odam.
Bizning og‘aynilar olib kelgandi Skolarini. U nima berdi? Qanday natija? Bizni butun dunyoga tanitdimi?
Rivaldo ikkisi 55 million yevroni olib ketdi. Jamoa Rivaldo bilan haliyam sudlashib yuribdi. 10 million yevro olgan, yana shuncha berasan degan.
Biznikilar to‘g‘ri shartnoma qila olmagan. Hali ish sudda», deya Ramatovning so‘zlarini keltiradi Kun.uz.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik sobiq futbolchi Rivaldo 2008-2010 yillarda Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi safida to‘p surgandi. 2010 yilda «Bunyodkor»ga homiylik qilgan Zeromax kompaniyasi bankrotlik e’lon qilgach, «Bunyodkor» futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga majbur bo‘lgandi. Sportingintelligence nashri ma’lumotiga ko‘ra, uning jamoadagi yillik maoshi miqdori 8 million yevro atrofida bo‘lgan.
Keyinroq Rivaldo «Bunyodkor»da moliyaviy muammolar 2009 yilning kuzida boshlangani haqida aytib o‘tgan. Uning aytishicha, u klubga ishonishda davom etgan va o‘ziga maoshi to‘lanishini kutgan.
«Men bu klubga o‘z pullarimni ham sarflashga majbur bo‘ldim. Vaziyat shuni taqazo etdiki, O‘zbekistondagi uyimga klubda o‘ynash uchun kelgan braziliyalik futbolchilarni joylashtirishga majbur bo‘ldim. Chunki Zeromax ularning mehmonxonasi uchun pul bera olmadi», deya eslagan futbolchi.
Natijada Rivaldo 2010 yilda Toshkentni tark etishga majbur bo‘ladi. O‘shanda u bilan birga jamoani 2009 yilda «Bunyodkor»ga kelgan Luis Felipe Skolari ham tark etgandi.
Skolariga «Bunyodkor»ga kelishni aynan Rivaldo taklif qilgandi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, uning yillik maoshi miqdori 10 million yevroni tashkil qilgan. «Bunyodkor» Skolari bilan O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘lgan, ammo Osiyo Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsiz ishtirok etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...