Ravshan Haydarov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston U23 termasi o‘z tarixida ilk bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
Xitoy mezbonligida o‘tgan Osiyo Chempionatining finalida o‘zbekistonlik futbolchilar Vetnamga qarshi maydonga tushdi va 119-daqiqada urilgan gol evaziga zafar quchdi.
Final ishtirokchilari qor bilan qoplangan stadionga chiqib keldi. Bellashuvning 8-daqiqasida o‘zbekistonlik futbolchilar burchak zarbasidan keyin oldinga chiqib oldi. Vetnamlik himoyachilar Rustam Ashurmatovni qo‘riqlay olmadi va «Bunyodkor» himoyachisi boshi bilan aniq zarba yo‘lladi.
Bo‘lim yakuniga 4 daqiqa vaqt qolganida esa muvozanat tiklandi. Vetnam terma jamoasi a’zolari jarima zarbasidan qoyilmaqom tarzda foydalanib, hisobni tenglashtirishga erishdi.
Tanaffus ham bitta bo‘lim bilan teng vaqt davom etdi. Uning davomida maydon qordan ancha tozalab olindi. Shuningdek, oq formada to‘p surayotgan va bu bilan teletranslyatsiyalar sifatiga ham ta’sir ko‘rsatayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar ikkinchi bo‘limda maydonga ko‘k rangli libosda chiqib kelishdi.
Ikkinchi 45 daqiqalikda garchi qor ancha tozalab qo‘yilgan bo‘lsa-da, gol urishning iloji bo‘lmadi. Shu tariqa hakamlar 15 daqiqadan ikkita qo‘shimcha taym belgilashga majbur bo‘ldi.
117-daqiqaga kelib Ravshan Haydarov baland bo‘yli hujumchi Andrey Sidirovni maydonga tushirdi. Aynan u 119-daqiqada burchakdan yetkazib berilgan to‘pni boshi bilan urib, darvozaga joylab qo‘ydi va jamoasiga chempionlik taqdim etdi.
Osiyo Chempionati U23
Final
27 yanvar, shanba
O‘zbekiston — Vetnam 2:1
Gollar: Rustam Ashurmatov, 8 (1:0). Nguyen Xai, 41 (1:1). Andrey Sidirov, 119 (2:1).
O‘zbekiston: Botirali Ergashev — Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov (Bobur Abduxoliqov, 103), Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov, Jasur Yaxshiboyev (Doniyor Narzullayev, 46), Zabihillo O‘rinboyev, Javohir Siddiqov (Andrey Sidirov, 117), Doston Hamdamov, Doston Tursunov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi