08:02 / 30.01.2018
4 317

Bora Milutinovich "Paxtakor"ning Doxadagi mashg‘ulotiga tashrif buyurdi

Бора Милутинович "Пахтакор"нинг Дохадаги машғулотига ташриф буюрди
Jahonga mashhur mutaxassis Bora Milutinovich "Paxtakor"ning Doxadagi mashg‘ulotiga tashrif buyurdi.

73 yoshli serbiyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati mobaynida ketma-ket 5 jahon chempionatiga 5 terma jamoani boshlab borgani bilan tanilgan. U Meksika, Kosta-Rika, AQSh, Nigeriya va Xitoy terma jamoalarini mundial final bosqichiga olib borgan. Mashg‘ulotni kuzatish uchun kelgan Milutinovich murabbiylar shtabi a’zolari bilan muloqotda bo‘lib, ular bilan fikr almashdi. Shota Arveladze, Laslo Yambor va himoyachi Marko Simich bilan suhbatda Milutinovich turli masalalarni muhokama qildi. Jahonga "Buyuk Bora" nomi bilan tanilgan mutaxassis yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda "Paxtakor"ga omad tiladi.

Manba: www.pakhtakor.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bora Milutinovich "Paxtakor"ning Doxadagi mashg‘ulotiga tashrif buyurdi