Marko Simich: "Ahil jamoa sifatida natija uchun intilamiz"

Marko Simich: "Ahil jamoa sifatida natija uchun intilamiz"
Ertangi uchrashuv arafasida jamoamizning chernogoriyalik himoyachisi ham matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.

Marko Simich ("Paxtakor" himoyachisi): - O‘yinga yaxshi tayyorlanishga intildik. Murabbiy bizga zarur ko‘rsatmalarni bermoqda. Bu raqibni mag‘lub etishda yordam beradi degan umiddaman.

"Garafa" yangi o‘yinchilar bilan shartnoma tuzganini bilamiz. Sneyderga qarshi bir necha marta Turkiyadagi faoliyatim chog‘ida o‘ynaganman. Raqibda yulduzlar bo‘lishi mumkin, lekin biz bir jamoa sifatida kuchli bo‘lishga intilamiz.

Manba: www.pakhtakor.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar