O‘zbekiston Futbol federatsiyasi fevral oxiriga qadar mamlakat milliy terma jamoasi yangi murabbiyi bilan muzokaralar jarayonini yakunlashni rejalashtirmoqda.
«Hozirda muzokaralarning yakuniy bosqichi ketmoqda. Agar u muvaffaqiyatli yakunlansa, yangi murabbiy nomini fevral oxirida e’lon qilishni rejalashtirganmiz. Ammo bu jiddiy muzokara, hamma narsa o‘zgarib ketishi mumkin, shu bois hozircha aniq sanani aytish qiyin», — dedi futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati rahbari Yoqubjon Mamajonov Sputnik muxbiriga.
Shu bilan birga suhbatdosh O‘zbekiston terma jamoa murabbiyligiga xorijlik mutaxassisni taklif etish niyatidan qaytganligi haqidagi mish-mishlarni inkor etdi. Uning aytishicha, hozirda xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib borilmoqda, bo‘lg‘usi bosh murabbiy oldiga aniq vazifalar qo‘yiladi.
«Nomzodlarga keladigan bo‘lsak, muzokaralar yopiq tartibda o‘tmoqda, ammo bir narsani aytishim mumkin, u yuqori darajadagi xorijlik mutaxassis bo‘ladi», — dedi u.
Ilgariroq O‘zbekiston Futbol federatsiyasi mamlakat milliy terma jamoasiga bosh murabbiylikka muzokaralar olib borilayotgan mutaxassislar nomini e’lon qilgandi. Ular Valter Matssari, Bert van Marveyk, Slaven Bilich, Dan Petresku, Miodrag Radulovich, Slavolyub Muslin, Anjelio Alessio, Bernd Shtork va Branko Ivanovich. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas