
Xabaringiz bor, shu yilning 1-11 fevral kunlari Xitoy Taypeyida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, yakunda 3-o‘rinni egallagan holda bronza medallariga ega chiqdi.
OFK rasmiy sayti esa mazkur turnirda kiritilgan eng chiroyli golni aniqlash borasida muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
E’tiborlisi, mazkur so‘rovnomada hamyurtimiz Farhod Abdumavlonov ham o‘rin egallagan. Farhodning guruh bosqichi 3-turi doirasida Yaponiya darvozasiga kiritgan goli turnirning eng chiroyli goli uchun da’vogarlik qilmoqda.
Ushbu havola orqali hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar