00:03 / 14.02.2018
3 704

Odil Ahmedov: "Jamoamiz chempion bo‘lish yo‘lida"

Одил Аҳмедов: "Жамоамиз чемпион бўлиш йўлида"
Safarda "Kavasaki Frontale" jamoasi mehmoni bo‘lgan "Shanxay SIPG" OChLning 1-tur uchrashuvida 1:0 hisobida g‘alaba qozonib ortga qaytadigan bo‘ldi.
Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi sardori va "Shanxay SIPG" yarim himoyachisi Odil Ahmedov bilan bog‘landik.

O‘yin qiyin bo‘ldi. OChLdagi g‘alaba, ayniqsa u safarda qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, uning qiymati yanada oshadi. Muhimi zafar quchdik, - deydi Ahmedov.

- Chempionat oldi jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmadi, murabbiyni hisobga olamasa albatta. Muxlislar jamodan bu yil yanada yaxshiroq natija kutishi mumkinmi?
- Mahalliy futbolchilar va legionerlar bilan deyarli o‘zgarish bo‘lmadi. Jamoaning o‘zagi saqlab qolingan. Bu yil bir-birimizni avvalgisidan ko‘ra ko‘proq va yaxshiroq tushunamiz deb o‘ylayman. Bugungi g‘alabada ham shu omil rol o‘ynadi deb aytgan bo‘lardim.

- Villash-Boash sizni chempionatda ham asosiy tarkib a’zosiga aylantirgan edi, yangi murabbiy Vitor Pereyra bilan til topisha oldingizmi?
- Murabbiy betaraf, o‘zaro tushunchamiz bor. Ikki oyga yaqin vaqt birga ishladik, hammasi joyida.

- Chempionatda qanday yangiliklar bor, asosiy raqib o‘sha-o‘sha "Guanchjou" jamoasi bo‘lib qolayapti...
- Yana 2-3ta juda yaxshi jamoalar bor. Xitoyda mavsum oldidan bashorat qilib bo‘lmaydi. Deyarli barcha jamoalarning kuchi teng. Oldimizga uch musobaqaning (Xitoy Superligasi, mamlakat kubogi, OChL) barchasida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qo‘yilgan. Qiyin, lekin uddalasa bo‘ladi.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov: "Jamoamiz chempion bo‘lish yo‘lida"