3 027
Futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bormoqchimisiz? Unda quyidagilarga amal qilishingiz kerak
Shu yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati munosabati bilan xorijlik fuqarolarning ushbu davlatga kelib-ketish tartibi vaqtincha o‘zgartiriladi. Bu muddat 25 maydan 25 iyulga qadar etib belgilandi. Mazkur qoida o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod, Kaliningrad, Kazan, Samara, Saransk, Volgograd, Sochi va Rostov-na-Donu shaharlarida amal qiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Rossiya migrantlar federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, musobaqa va tadbirlarning chet ellik ishtirokchilarining viza bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 3 kungacha qisqartiriladi. Bu toifadagi shaxslarga bir yilgacha muddatda va kelgusida uzaytirish huquqi bilan ko‘p martalik viza beriladi.
Ishqibozlar mundial boshlanishiga 10 kun qolganda tomoshabinning personallashtirilan kartasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjati va o‘yin chiptasi(yoki broni) mavjud bo‘lgan taqdirda Rossiyaga vizani rasmiylashtirmasdan kelishlari mumkin. Birinchi bahs 14 iyunga belgilangan bo‘lsa, demak mezbon mamlakatga 4 iyunda borish mumkin. Xuddi shu kabi finaldan 10 kun o‘tib o‘z yurtiga qaytib ketish mumkinligi tartibi ham joriy etiladi.
Quyidagi xorijlik mehmonlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtinchalik migratsiya hisobida turish majburiyatidan ozod etilgan. Ular FIFAning maxsus ro‘yxatiga kiritilgan “JCh-2018” doirasidagi sport tadbirlari ishtirokchilari, terma jamoa delegatsiyalari, FIFA tuzilmalari va milliy futbol assotsiatsiyalari vakillaridir.
Qolgan barcha toifadagi chet ellik fuqarolar, jumladan, mehnat muhojirlari bellashuvlar o‘tkaziladigan shaharlarda 25 maydan 25 iyulga qadar muddatda kelgan kunidan boshlab bir sutka ichida migratsiya hisobiga qo‘yiladi.
Rossiya fuqarolariga ham bu borada ma’lum talablar qo‘yildi. Ular yuqorida nomi aytib o‘tilgan shaharga tashrif buyurgan kundan boshlab 3 kun ichida ichki ishlar vazirligi organlaridan vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Shu bo‘yicha ariza uni yozgan shaxs tomonidan shaxsan taqdim etilishi shart. Hujjatlar esa topshirilgan paytning o‘zida ko‘rib chiqiladi.
Ayni chog‘da huquq-tartibot organlari tomonidan qat’iy xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilayapti. Jumladan, 11 ta hududdagi potensial xavfli korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi, stadionlarga jamoatchilik tartibini buzgan ishqibozlar uchun vaqtinchalik izolyatorlar o‘rnatiladi. Rossiyaning migratsiyaviy donorlari hisoblangan bir qator davlatlar o‘z fuqarolariga “JCh-2018” paytida futbol o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan shaharlarga iloji boricha bormaslikni taviya etayapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...