
Fransiyaning PSJ klubi forvardi Neymar joriy hafta Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki bahsida “Real”dan (3:1) uchralgan mag‘lubiyat sababchilarini sanab o‘tdi.
Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Neymar ushbu mag‘lubiyatda jamoa bosh murabbiyi Unai Emerini asosiy aybdor deb hisoblamoqda. Uning fikricha aynan ispaniyalik mutaxassisning tarkib tanlashda yo‘l qo‘ygan xatosi ohir oqibat mag‘lubiyatga olib kelgan.
Aniqrog‘i, Neymarga hamyurti Tyago Silva zahirada qoldirilib uning o‘rniga asosiy tarkibda Presnel Kimpembening tushirilganligi, shuningdek, maydon markazida Lassana Diarra bilan birga 21 yoshli Lo Selsoning harakat qilgani "Santyago Bernabeu"dagi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar