
Ispaniya chempionatining 24-turida “Barselona” safarda “Eybar”dan ustun keldi.
Joriy mavsum avvalida kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shilgan yarim himoyachi Paulino La Ligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, biror marotaba ham mag‘lub bo‘lmadi ( 18 g‘alaba, 5 durang). Bu La Liga tarixida rekord natija hisoblanadi. Bungacha hech bir futbolchi ushbu musobaqada shuncha uchrashuvni mag‘lubiyatsiz o‘tkazmagan.
Shuningdek, ko‘k-anorranglilar himoyachi Samuel Umititi maydonda harakat qilgan o‘yinlarda 41 ta uchrashuvda atigi bir marotaba mag‘lub bo‘lgan. (36 g‘alaba, 4 durang, 1 mag‘lubiyat).
Manba: championat.asia
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar