20:50 / 26.02.2018
4 636

Isroil Madrimov bo‘lajak jangi haqida gapirdi

Isroil Madrimov bo‘lajak jangi haqida gapirdi
WSB yo‘nalishida musobaqalarda ishtirok etayotgan “Uzbek Tigers” jamoasi a’zosi Isroil Madrimov Kubaning “Cuba Domadores” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan boks kechasidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Ertaga bo‘lib o‘tadigan jangda g‘alaba qozonishimiz juda muhim. Albatta biz ham ko‘proq muxlislar qarshisida jang qilishni istaymiz. Ularning qo‘llab-quvvatlab turganini his qilib turish boshqacha bo‘ladi. Ammo eng asosiysi bu emas. Biz bor e’tiborimizni bo‘lajak jangga qaratib g‘alaba qozonishimiz kerak.

— Bokschi ilgari mag‘lub bo‘lgan raqibga qarshi baribir qandaydir ruhan boshqacha kayfiyatda ringga ko‘tariladi. Arlen Lopez bir yil muqaddam Samarqandda sizga mag‘lubiyatga uchragandi va buni olimpiadadagi g‘alabasidan so‘ng yaxshi tayyorlana olmagani bilan izohladi. Sizda ham mag‘lubiyatga uchragan janglaringizdan keyin qandaydir psixologik holatlar bo‘lgandir. Bu holatni boshidan o‘tkazgan sportchi sifatida ertaga Arlendan qanday boks kutyapsiz? U revansh olish ilinjida bo‘lsa kerak.

— Bu Lopezga qarshi ikkinchi jangim bo‘ladi. Birinchi jangda Samarqandda g‘alaba qozonganimda uning uchun kutilmagan raqib bo‘lgan bo‘lishim mumkin. Shunga yaxshi tayyorlana olmagandir. Lekin endi mag‘lubiyatga uchraganidan keyin revansh uchun ham bu jangga ikki baravar kuch bilan tayyorgarlik ko‘rgani aniq. Endi men Arlen uchun kutilmagan emas, kutilgan va u yutqazgan raqibman. Shu boisdan bu jangga Arlen o‘ta muhim to‘qnashuv deb qarashi tabiiy. Lekin men ham qarab turmayman. Murabbiylarimiz bilan tinimsiz mashg‘ulotlar olib bormoqdamiz va xudo xohlasa ertaga bo‘ladigan jangda g‘alaba qozonaman», deya gapirib o‘tdi Madrimov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov bo‘lajak jangi haqida gapirdi