O‘zbekistonlik sportchi Mixail Volinkin havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Arnold klassik-2018” musobaqasida mutloq chempionlikni qo‘lga kiritdi va terma jamoamizga oltin medalni taqdim etdi. Mixail ushbu g‘alabasi orqali, Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ichida bodibilding bo‘yicha professional karta qo‘lga kiritgan ilk sportchiga aylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi sayti yozmoqda.
Ushbu musobaqa 1988 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va musobaqaning asoschisi mashhur sportchi, aktyor, Kaliforniya sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger hisoblanadi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, Mixail Volinkinning ushbu g‘alabasi yosh sportchilarimiz uchun haqiqiy namuna bo‘la oladi. Axir bolalar uyi tarbiyalanuvchisining jahon chempionligiga qadar bosib o‘tgan yo‘li ko‘ngli yarim bo‘lgan bolajonlar uchun o‘ziga bo‘lgan ishonchni ortishida muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, musobaqaning masresling bahslarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan boshqa bir sportchimiz Olesya Gureyevani ham muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz! “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi