20:56 / 08.03.2018
4 822

Superliga 2-tur. “Navbahor” super gollari evaziga AGMKdan g‘alabani ilib ketdi (video)

Superliga 2-tur. “Navbahor” super gollari evaziga AGMKdan g‘alabani ilib ketdi (video)
Bugun Olmaliqda Superliganing 2-turidan o‘rin olgan AGMK hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, mehmonlar Aziz Turg‘unboyevning goli evaziga oldinga chiqib olishgandi, 82-daqiqada Zafar Polvonov javob to‘pini kiritib, oradagi muvozanatni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng namanganliklar hujumga zo‘r berishdi va jamoa sardori Dilshod Jabborov so‘nggi daqiqalarda gol urib, “Navbahor”ning safardagi ilk g‘alabasini ta’minladi.

Superliga. 2-tur
AGMK – “Navbahor” 1:2.
Gollar:
Zafar Polvonov (82), – Azizbek Turg‘unboyev (50), Dilshod Jabborov (90+2).
AGMK: 12.Roman Abdulov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov (18.Qahramon Bahodirov, 60), 4.Xurshidbek Muxtorov, 8.Muzaffar Muzaffarov (77.Otabek Zokirov, 59), 10.Shoxnazar Norbekov (9.Zafar Polvonov, 81), 13.Lutfulla To‘rayev, 15.Vladimir Bubanya, 19.Vladislav Kasminin, 23.Yovan Jokich, 24.Javlon Guseynov, 87.Vadim Chemirtan.
“Navbahor”: 1.Botirali Ergashev, 6.Oston O‘runov, 8.Ayubxon No‘monov, 10.Azizbek Turg‘unboyev, 12.Nenad Inyas (15.Azamat Allaniyozov, 86), 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A’zam Aliyev (9.Dilshod Jabborov, 85), 24.Davron Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov, 33.Tomislav Payovich, 44.Darko Stanoyevich.
Ogohlantirishlar: Darko Stanoyevich 43.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga 2-tur. “Navbahor” super gollari evaziga AGMKdan g‘alabani ilib ketdi (video)