12:11 / 11.03.2018
3 515

Ravshan Ermatov: “Bunday derbilar futbolning bezagi hisoblanadi”

Равшан Эрматов: "Бундай дербилар футболнинг безаги ҳисобланади"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Toshkent derbisi” sifatida e’tirof etiladigan “Bunyodkor” – “Paxtakor” (1:0) uchrashuvini bevosita stadionda kuzatib borgan FIFA referisi Ravshan Ermatovdan uchrashuv haqidagi taassurotlarini so‘radik.

-Ravshan aka, Siz bugun FIFA seminariga uchib ketishingiz kerak edi. Lekin Sizni “Bunyodkor” stadionida ko‘rib turibmiz...
-Ha, hozir “Toshkent derbisi”ni stadionda tomosha qilib, to‘g‘ri aeroportga ketyapman. Futbolimiz uyg‘onyapti, har bir uchrashuvni stadionga kelib tomosha qilish insonga katta zavq bag‘ishlayapti. Umuman futbolni yaxshi ko‘rgan odam bu mavsumda imkoniyati bo‘lsa albatta stadionga kelib futbol ko‘rsa, hech ham afsuslanmaydi.

-Bevosita “Toshkent derbisi” haqida fikrlaringiz...
-Bugun juda chiroyli futbol guvohi bo‘ldik. Bunday derbilar futbolni bezagi hisoblanadi va uni aynan shunday kurashlarga boy, halol ruhda o‘tganidan barcha muxlislar xursand bo‘lishdi.

Bunday o‘yinlar orqali muxlislar yana futbolga mehr qo‘yishadi va o‘zbek futboli to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganiga ishonishadi. Umuman olganda, Superliganing barcha o‘yinlari ana shunday ko‘tarinki ruhda o‘tayotganini ta’kidlab o‘tish kerak.

-Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Sherzod Qosimov haqida fikrlaringiz...
-Mavsum oldidan O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov hakamlar bilan uchrashib, har bir uchrashuv adolatli, halol va eng muhimi sifatli hakamlik bilan boshqarilishi kerakligi va aynan shu yo‘l orqali biz muxlislarni stadionlarga qaytarishimiz kerakligi haqida aytib o‘tgan edilar.Bugun barchamiz bu so‘zlarni amalda qo‘llanilganini guvohi bo‘ldik.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov: “Bunday derbilar futbolning bezagi hisoblanadi”