4 654
«Yosh yulduz» - Anton Valdemar: "O‘tgan yil O‘zbekiston terma jamoasidan aloqaga chiqishgandi..."
Bundan bir yillar avval Germaniya chempionatida to‘p surayotgan himoyachi Valdemar Antonning O‘zbekiston milliy termasiga kelishi mumkinligi borasida shov-shuv chiqdi. Chunki u aynan O‘zbekistonda tavallud topgan, qolaversa, milliy terma tasnifida hech qaysi jamoa sharafini himoya qilib ulgurmagan.
Uning «Gannover» safidagi o‘yinlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston termasiga katta yordami tegishi mumkinligi aytilgan bo‘lsa-da, voqealar rivojida uzilish kuzatildi. «Championat.asia» nashri vakili Vladislav Goyxmann Germaniyaning Bild nashrida yaqindagina e’lon qilingan «Yosh yulduz» nomli intervyuga e’tiborini qaratdi va uni o‘zbekistonliklar uchun ham ilindi.
- 2016 yilning 27 fevral sanasini eslaysizmi?
- Albatta, Bundesligadagi ilk o‘yinim. Biz “Shtutgart”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandik men 1 daqiqa o‘ynagandim, ammo bu daqiqani butun umr yoddan chiqarmayman. Axir buni yoshligimdan orzu qilardim.
- Ilk bor sizdan dastxat so‘rashganida qanday hissiyotlar bo‘lgan?
- Bu ham o‘zgacha edi. Endi yosh bolalar uchun namuna ekanligingni bilish ajoyib.
- O‘zingiz ham yoshlikda dastxat so‘raganmisiz?
- Ha, maktabdan so‘ng ba’zida "Gannover" mashg‘ulotlariga borardik va albatta yulduzlardan dastxat olardik. Ko‘pincha kumirim Kristian Shulsning yoniga borardim.
- Sizning transfer narxingiz 6,5 million yevrogacha ko‘tarildi. Kiyim almashtirish xonasida o‘zgarish sezmadingizmi?
- Albatta vaqt o‘tgani sari o‘zgarishlar bo‘ladi. Yosh futbolchi sifatida hurmat qilishlari uchun ko‘p mehnat qilishim kerak. Ammo barcha kasblarda shunday.
- Bosh murabbiy Martin Kind sizni hech qanday pul evaziga sotmasligini ma’lum qildi. Buni matbuotda o‘qiganda nimani his qildingiz?
- Bu futbolda nimadirga erishganimni bildiradi.
- Yaqinda siz klub bilan 2021 yilga qadar shartnomani uzaytirdingiz, ammo unda tovon puli yozilmagan.
- Professional sifatida katta bo‘lgan klubimdan minnatdorman. O‘zimni bu yerda yaxshi his qilayapman va “Gannover”da baxtliman. Menga shartnomadagi tovon puli kerak emas.
- Faoliyatingizni shu yerda tugatishni o‘ylab ko‘rganmisiz? Yoki Angliya yoki Ispaniyani orzu qilasizmi? Yoki “Gannover” sardori bo‘lmoqchimisiz?
- Orzular hammada bor. Ammo “Gannover” birinchi o‘rinda. Xorij klublaridan esa “Barselona”da o‘ynashni orzu qilaman.
- Siz Germaniya yoshlar terma jamoasida o‘ynagansiz. Keyingi qadam Bundestim?
- Buning uchun ko‘p ishlashim kerak.
- Tug‘ilgan vataningiz O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirishmayaptimi?
- O‘tgan yil aloqaga chiqishgandi. Ammo bobom va buvim u yerda emas Rossiyada yashashmoqda. O‘zbekistonda qarindoshim qolmadi.
- Siz Olmaliqda tug‘ilgansiz. O‘shanda ismingiz Vladimir edimi?
- 2 yoshimda oilam bilan Germaniyaga ko‘chib kelganman. O‘shanda Vladimir deb chaqirishardi, ammo nemis pasportida Valdemar deb yozishgandi.
- Oilada yagona farzandsiz. Dadangiz Aleks avtobus haydovchisi, onangiz Olga oshpaz. Siz ular uchun Gannoverda uy olib berayotgangiz rostmi?
- Ha, biz uchun uy sotib olayapman. Bu orzumiz edi. Bu qiyin ammo butun oilamizga uy qidirayapman.
- Ota-onangiz o‘rgatgan eng asosiy narsa nima?
- Tartib. Maktabdan kelganimda kvartirani yig‘ishtirish vazifam edi. Otam va onam ishlashardi, men ularga yordam berardim. Hayotda nimagadir erishish uchun kurashaman. Oilam yangi mamlakatda til bilishmasdi. Ular ko‘p ishlashardi. Shu bois ularni juda hurmat qilaman.
- Futbolsiz kim bo‘lardingiz?
- Maktabni tugatdim va sport menejeri bo‘lish uchun o‘qimoqchiman. Agar futbol o‘xshamasa ham bu menga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»