23:53 / 17.03.2018
3 939

Superliga. «Navbahor» o‘z uyida amaldagi chempion «Lokomotiv»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (video)

Superliga. «Navbahor» o‘z uyida amaldagi chempion «Lokomotiv»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (video)
Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 3-tur bahslari davom ettirildi. Avvalroq Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi Farg‘onada «Neftchi» mehmoni bo‘lib, bitta gol evaziga g‘alaba bilan qaytgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentning yana bir jamoasi, O‘zbekistonning amaldagi chempioni «Lokomotiv» esa Namanganning «Navbahor» jamoasi mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘yindagi dastlabki gol mezbonlarn legioneri Tomislav Payovich tomonidan kiritildi.

Ikkinchi gol esa «Navbahor» yetakchisi Azizbek Turg‘unboyev tomonidan 49-daqiqada penaltidan Ignatiy Nesterov darvozasiga kiritildi.

O‘yin oxirlarida «Lokomotiv» hisobni qisqartirishi mumkin edi, biroq «Loko»ning braziliyalik legioneri Nivaldo «Navbahor» darvozaboni o‘rnida paydo bo‘lib, mezbon jamoa darvozasini goldan «saqlab qoldi».

“Navbahor” – “Lokomotiv” 2:0
Hakamlar: Z.Qodirov (Navoiy), R.Samandarov (Navoiy), O.Jumayev (Navoiy), A.Rahimov (Andijon).
Nazoratchi – A.Arutyunov (Toshkent).

Gollar:
Tomislav Payovich 23, - 1:0 (Nenad Inyats). Azizbek Turg‘unboyev 49 penalti, - 2:0 (Ayubxon No‘’monov)

"Navbahor": 1.Botirali Ergashev, 6.Oston O‘runov (15.Azamat Allaniyozov, 78), 8.Ayubxon No‘’monov, 10.Azizbek Turg‘unboyev, 12.Nenad Inyats (9.Dilshod Jabborov, 65), 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A’zam Aliyev (11.Zohir Pirimov, 90+2), 24.Davron Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov, 33.Tomislav Payovich, 44.Darko Stanoyevich
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 14.Ilhom Boydedayev, 17.Sardor Sulaymonov, 23.Behruz Sa’dilloyev, 27.Ravshan Do‘smatov, 68.Mirzohid Mamatxonov

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sadriddin Abdullayev, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov (19.Husniddin G‘ofurov, 69), 27.Sardor Rashidov (6.Nivaldo, 54), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev.
Zaxira: 12.Ma’mur Ikromov, 4.Boburbek Yo‘ldoshev, 8.Sherzod Karimov, 17.Salim Mustafoyev, 18.Farhod Bekmurotov, 88.Igor Yelich, 99.Cho Suk Jae

Ogohlantirishlar: Kaxi Maxaradze 13, Davron Hoshimov 61, Islom To‘xtaxo‘jayev 82, Nivaldo 90+2.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Navbahor» o‘z uyida amaldagi chempion «Lokomotiv»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (video)