Jahon sporti afsonalaridan biri hisoblangan 42 yoshli o‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Boku shahrida o‘tkazilayotgan jahon kubogi bahslarida ishtirok etdi.
Chusovitina o‘zining sevimli yo‘nalishi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida 14,300 ball to‘pladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan mezbon sportchi Marina Nekrasova 13,833 ball jamg‘ara oldi. Uchinchi o‘rin esa sloveniyalik Tyas Kisselefga nasib etdi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, musobaqada 25 ta mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Oksana bir necha hafta oldin Xyustonda o‘tkazilgan musobaqada uchta oltin va bitta kumush medalini qo‘lga kiritgandi. 2017 yilda esa Chusovitina Boku, Doha va Kotbusdagi jahon kubogida, shuningdek, Ozarboyjondagi Islom birdamlik o‘yinlarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egallagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi