
Yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Bruklindagi «Barclays Center» sport majmuasida 28 aprel kuni navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.
Hozirgina Shohjahon Sports.uz muxbiriga mazkur jangda kimga qarshi ringga ko‘tarilishi haqda xabar berdi.
Bokschimiz Nyu Yorkda o‘tadigan jangda xitoylik Jiming Vang bilan to‘qnashadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev bugunga qadar 12 marotaba ringga ko‘tarilib ushbu bellashuvlarda raqiblarining barchasini nokautga uchratgan bo‘lsa, Jiming ham bokschimiz kabi o‘n ikki marotaba jang o‘tkazgan bo‘lib, Ularning 10 tasida g‘alaba qozongan. Qolgan ikkitasida imkoniyatni boy bergan.
Shuningdek, Vang faoliyati davomida uchta bellashuvni muddatidan oldin yakunlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar