Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi.
"Strong" boks arenasida o‘tgan musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikistondan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.
Unda MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur To‘g‘izboyevning ikki shogirdlari Umid Sagdulayev vaa Jahongir Yorkulov mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Nufuzli musobaqada vazni 77 kilogramm bo‘lgan Jahongir qirg‘izistonlik Q.Sama Uluga qarshi jang o‘tkazib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, 71 kilogramm vazn toifasida Umid mezbonlar sharafini himoya qilgan I.Omurbekovni mag‘lubiyatga uchratdi.
– Qirg‘izistonda o‘tgan mazkur musobaqada shogirdlarim g‘alaba qozonganidan xursandman. O‘ylaymanki, bu g‘alabalar oxirgisi bo‘lmaydi. Umid va Jahongirning musobaqada o‘tkazgan janglarildan ko‘nglim to‘ldi. Biz sportchilarning asosiy maqsadimiz, jahon arenalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdir. Men sportchi sifatida bir qator g‘alabalarga erishdim. Endi esa shogirdlarim ham o‘zbek o‘g‘lonlari hechkimdan kam emas va kam bo‘lmasliklarini dunyoga namoyon etmoqda, – deydi Mansur To‘g‘izboyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi