Shu yilning 14 iyun kuni Rossiyada Jahon chempionati bahslariga start beriladi. Avvalroq, FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qilgan bo‘lib, bu ro‘yxatda hamyurtlarimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar bor.
FIFA Jahon chempionati uchrashuvlarida ishlaydigan komissarlar ro‘yxatini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, JCh tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik mutaxassis mundial o‘yinlarida komissar sifatida ishlaydigan bo‘ldi.
O‘FA matbuot xizmati bergan xabarrga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Olim Arifov JCh-2018 musobaqasiga komissar sifatida rasman taklif qilingan.
Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?