“Uff.uz” saytida braziliyalik afsonaviy futbolchi, bir paytlar Toshkentning “Bunyodkor” klubida to‘p surib ketgan Rivaldoning o‘zbekistonliklar haqida bildirgan fikrlari e’lon qilindi.
Aytilishicha, suhbatni portugaliyalik jurnalistlar tomonidan tashkil etilgan, lekin, unda Rivaldo 2008-2010 yilgi faoliyatiga ham to‘xtalgan.
«Men Afina shahrida AYEK klubi sha’nini himoya qilib yurgan kezlarim... Kutilmaganda, O‘rta Osiyodan bir taklif kelib tushdi. Ungacha menda Turkiyadan, Rossiya va BAA chempionatlaridan bir qator katta va kichik takliflar ham bor edi. Men ularni o‘rganayotgandim.
Negadir, O‘zbekistondan kelgan taklif yuragimni jizzillatdi. To‘g‘ri, menga yaxshi pul va’da berishdi. Ammo, bu yerda gap pulda ham emasdi. Menga avvallari umuman bo‘lmagan yurtda to‘p surish yoqib qoldi va uni chaqiruv deb qabul qildim. Quyoshli O‘zbekistonga, mehmondo‘st Toshkentga borgach, qarorim to‘g‘ri bo‘lganiga iqror bo‘ldim.
Toshkent va umuman O‘zbekiston — bu alohida mavzu hisoblanadi. Uni ikki og‘iz gaplar bilan to‘liqligicha ifodalab berish qiyin. Men bu yurtda ko‘plab do‘stlar orttirdim, futbolchilik faoliyatimni ham ko‘ngildagidek o‘tkaza oldim.
O‘zbek taomlarini gapirmasangiz ham bo‘ladi. O‘zbeklar ham xuddi turklar kabi go‘shtni ko‘p iste’mol qilishadi. Lekin, ularning palovini boshqa joyda uchratmaysiz. Uning ta’mi haliyam og‘zimda qolgan. Har bir viloyati o‘ziga yarasha palov qiladi va mazasi ham bir-biridan qolishmaydi.
Men to‘p surgan “Bunyodkor” klubi yosh bo‘lishiga qaramasdan maqsadlari oliy edi. Osiyoda ham o‘z o‘rniga ega bo‘layotgandi. Afsuski, hozir klubdagi vaziyat bilan tanish emasman.
Yillar o‘tib, faoliyatimga nazar tashlaydigan bo‘lsam, shubhasiz O‘zbekistonda o‘tgan yillarimni tabassum bilan eslab yuraman. Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib so‘rashadigan xalqini esa, unutmayman», - deyiladi Rivaldoning Portugaliya matbuotiga bergan katta intervyusining bir bo‘lagida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?