12:30 / 04.04.2018
3 938

Urugvay matbuoti: O‘zbekiston qayday jamoa?

Urugvay matbuoti: O‘zbekiston qayday jamoa?
Yaxshi bilasiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 7 iyun kunida Urugvay termasiga qarshi safarda o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yin Montevideo shahridagi “Estadio Centenario in Montevideo” stadionida bo‘lib o‘tadi. Biz bilan bo‘lgan bahsdan so‘ng Urugvay delegatsiyasi Rossiya davlatiga Jahon chempionatida ishtirok etish uchun uchib ketadi.

Bu o‘yin atrofida hali unchalik ham ko‘p chiqishlar bo‘lmasada, mamlakat poytaxtida chop etiladigan ayrim sport nashrlari Urugvayning raqibi haqida u-bu ma’lumotlarni chop etishgan.

"Oskar Tabarez shogirdlari 7 iyun sanasida O‘zbekistonga qarshi to‘p surishadi. Garchi, o‘yin o‘rtoqlik maqomida bo‘lsada, unga shunchaki bee’tibor qarash yaramaydi. Chunki bosh jamoamiz shu bilan Rossiyaga uchib ketadi va Yekaterinburgdagi Misrga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘radi.

Urugvayning mazkur raqibi FIFA reytingida 72-pog‘onada ketmoqda, oradagi farq esa 50tani tashkil qiladi. Lekin bu nisbiy tushuncha bo‘lsa kerak. Sababi, biz hali O‘zbekiston qanday jamoa ekanligini bilmaymiz. Shu jumladan, u yerda qanday taniqli futbolchilar borligini ham. Ammo, Osiyo futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan O‘zbekiston termasi bilan o‘yin bizga foydadan holi bo‘lmaydi.

Balki, Tabarez zaxira tarkibni sinab ko‘rar?! Har qanday holatda futbolchilar JCH-2018 musobaqasiga tayyor holatlatda borishlari shart", - deyiladi Montevideo sport nashlarida.

Ko‘rib turganingizdek, katta ehtimollik bilan bizga qarshi top futbolchilar maydonga tushmasligi mumkin. Lekin, bizga Urugvayning zaxira tarkibi ham yetarlicha qarshilik ko‘rsatishi turgan gap.

Voqelar rivoji kuzatilmoqda.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Urugvay matbuoti: O‘zbekiston qayday jamoa?