08:31 / 07.04.2018
3 043

To‘lqin Qilichev: "Uzbek Tigers" jamoasini keyingi bosqichda desa ham bo‘laveradi

Тўлқин Қиличев: "Uzbek Tigers" жамоасини кейинги босқичда деса ҳам бўлаверади
Boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum 5-6-turlarini Termiz shahridagi “Alpomish” kurash majmuasida Venesuelaning “Venesuela Caciques” jamoasi Bilan kuch sinashadi.

Kecha mazkur janglar oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Uzbek Tigers” ustozi bo‘lajak janglar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Janglar Surxon elida o‘tayotganidan xursandman. Kelajakda yanada ko‘plab janglar tashkil qilishga harakat qilamiz. Yuqori saviyada janglarni o‘tkazish katta mas’uliyat talab qiladi. Tashkilotchilar bilan birga Surxondaryo viloyati boks federatsiyasi rahbariyatiga alohida minnatdorlik bildiraman. Bizni qo‘llab-quvvatlanglar. Shu bilan birga raqiblarga omad. Kuchlilar g‘alaba qozonsin.

- Jamoamiz bilan alohida tayyorgarlik ko‘rdik. Har doimgidek. Guruhdan chiqishimiz deyarli hal va bunga ishonaman, biroq ikkinchi o‘rin bilan. Umuman boshqa jamoalarimizga qaraganda bizning imkoniyatlarimiz yaxshi.


Eslatib o‘tamiz, S1 guruhi bokschilari ishtirokida janglar bugun soat 19:00da start olsa, 22:00da S2 guruhi a’zolari bahslarga kirishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » To‘lqin Qilichev: "Uzbek Tigers" jamoasini keyingi bosqichda desa ham bo‘laveradi