
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Fransiyada o‘tkazilan xalqaro turnirda oltita oltin va bittadan kumush hamda bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Musobaqada barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Abdulxay Shoraxmatov (56 kg), Shukur Rahimov (60kg), Aliyor Noraliyev(64kg), Fazliddin Meliboyev(69 kg), Odiljon Aslonov (75kg), Sardor Yormuhammedov(91kg) shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Madiyor Saidrahimov kumush, Ulug‘bek Mubinov esa bronza medal bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz,"A" sinfiga mansub bo‘lgan turnirda dunyoning 24 davlatidan kelgan 150 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustalari o‘zaro raqobatlashdi. Unda qit’amizdan faqatgina O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar