Nokaut! Ravshanbek Umurzakovning raqibi 4-raund chidab berdi

Nokaut! Ravshanbek Umurzakovning raqibi 4-raund chidab berdi
Bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha professional janglarda ikki nafar hamyurtimiz navbatdagi janglarni o‘tkazishdi.

61,2 kg vaznda ringga ko‘tirilgan Ravshanbek Umurzakov (2-0, KO2) o‘z hisobiga yana bitta nokaut yozib qo‘ydi. 8 raund qilib belgilangan to‘qnashuvda unga gruziyalik yengilmas bokschi Merab Turkadze (5-0, KO2) raqiblik qildi.

Qiziqarli kechgan bellashuvning 4-raundida Ravshanbek chaqqon va aniq harakat qilib, jangning muddatidan oldin yakunlanishini ta’minladi.

Shuningdek, ushbu boks kechasida yana bir hamyurtimiz Sardor Muzaffarov ham nokautga erishgan edi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar