Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) matbuot xizmatining xabar berishicha, Germaniya 2024 yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazish uchun murojaat yubordi. Bu haqda TASS xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.
«Biz ideal tashkil etilgan musobaqani o‘tkazish uchun ajoyib konsepsiyani taqdim etdik, u UYeFAga Yevropada futbolni rivojlantirish imkonini beradi.
Yevropa yuragida tashkil etiladigan 2024 yilgi chempionat barcha jamoalarga o‘z ishqibozlaridan maksimal qo‘llab-quvvatlov olish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, biz turli millatdagi insonlar o‘rtasida ko‘priklar qurmoqdamiz va futbol hamda zamonaviy fuqarolik jamiyati qadriyatlarini tiklashga muhim hissa qo‘shmoqdamiz», - deya ta’kidlab o‘tdi Germaniya futbol ittifoqi rahbari Raynxard Grindel.
Ta’kidlanishicha, murojaatlarni qabul qilish 27 aprel kuni yakunlanadi. UYeFA qarorgohiga shu haftada Turkiya delegatsiyasi ham tashrif buyurib, murojaat taqdim etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”