
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov “Liverpul” va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohni to‘xtatib qolish uchun nima qilish lozimligi borasida maslahat berdi.
“Yangi Maradona. Men terma jamoamiz uni qanday qilib to‘xtatib qolishi mumkinligini bilaman. Shunchaki unga viza bermang”, – deya hazil aralash yozgan Habib o‘zining Instagramdagi sahifasiga.
25 yoshli misrlik futbolchi Yevropa chempionlar ligasi yarim finalida “Roma”ga qarshi uchrashuvda (5:2) 2 gol va 2 pasni amalga oshirgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi JCH guruh bosqichida aynan Saloh to‘p suradigan Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar