21:56 / 28.04.2018
5 279

“Nasaf” tarqalib ketsa o‘zbek futboli uyatga qoladi (foto, video)

"Насаф" тарқалиб кетса ўзбек футболи уятга қолади (фото, видео)
So‘ngi kunlarda O‘zbekistonning bayroqdor jamoalaridan biri hisoblangan Qarshining “Nasaf” jamoasi atrofida juda ham yoqimsiz xabarlar ko‘payib ketmoqda, achinarlisi bular mish-mish emas, ayni haqiqat...

10 yil vaqt mobaynida Qashqadaryo bosh jamoasini moliyalashtirib kelgan G‘uzordagi “Sho‘rtan Gaz-Kimyo majmuasi” jamoani moliyaviy “tupik”ka tiqib qo‘ydi. SHGKM nega klubga e’tibor qilmagani va yangi mavsumda nega byudjet ajratmagani bizga qorong‘u. Shunisi aniqki, “Nasaf”ning bu tariqa yo‘qolib ketishi rivojlanish bosqichida ketayotgan o‘zbek futboli uchun katta yo‘qotish bo‘ladi.

Muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan futbolimizda yangi davr boshlanmoqda. Ammo bir yoqdan qurilayotgan imoratning bir tomonidan g‘ishtlarini sug‘urib olaverishsa bu inshoat ko‘pga bormaydi. Hozir esa vaziyat shu yo‘nalishda ketmoqda.

Hech kimga sir emas “Nasaf” Osiyo futbolida sovrindor bo‘lgan yagona o‘zbek klubi hisoblanadi, qolaversa, bir necha yillardan beri o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan OCHL va ichki musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqda. Klubda ayollar, o‘rinbosarlar hamda asosiy tarkib futbolchilari uchun alohida qarorgohlar barpo etilgan. “Nasaf” o‘zining telestudiyasiga ega... Umuman olganda barcha ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bunday klub shunchaki yo‘q bo‘lib ketishi mumkin emas... Bunga sabab ham yo‘q! Jamoa ushbu mavsumda kamtarona byudjeti (agar ajratilgan bo‘lsa) bilan mavsumni ko‘tarinki ruhda boshladi... OCHLda o‘lim guruhida bo‘lishiga qaramasdan o‘z tarbiyalanuvchilari bilan guruh bosqichidagi uy uchrashuvlarni yutkazmagan holda, 10 ochko ishladi... Superligada ham jamoaning ishlari joyida. Endi o‘ylab ko‘ring, mana shunday jamoani hech qanday asossiz, bu ko‘yga tashlab qo‘yish mantiqqa zid.

Bugungi kunga kelib Osiyoda o‘zbek futboli katta qiziqish bilan kuzatib borilmoqda. Qoleversa, qo‘shni va qardosh davlatlarda ham bizning futbolga befarq bo‘lmaganlar talaygina. Agarda “Nasaf”dagi muammolar tezda bartaraf etilmasa, bu futbol rivoji yo‘lida qilinayotgan ishlarga aks ta’sir ko‘rsatadi va anchagina uyatli holat bo‘ladi.

Bu masala yuzasidan ko‘plab mutahassislar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishmoqda. Quyida “Sports.uz haftasi” ko‘ursatuvi muallifi Bekzod Isayev hamda Eekspert - Davron fayziyevlarning “Nasaf”dagi muammolar haqidagi fikrlari bilan tanishib o‘tishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” tarqalib ketsa o‘zbek futboli uyatga qoladi (foto, video)