14:27 / 16.05.2018
3 655

Ilhom Mo‘minjonov: "Raqibga qarab, taktika tanlaymiz"

Илҳом Мўминжонов: "Рақибга қараб, тактика танлаймиз"
Pepsi Superliga 12-turi doirasidagi “Navbahor” – “Metallurg” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “lochinlar” ustozi Ilhom Mo‘minjonov va jamoa hujumchisi Azamat Allaniyozov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berishdi.

Ilhom Mo‘minjonov (“Navbahor” bosh murabbiyi):
- Uch kun oldin uchrashuv o‘tkazishgani bois, bugungi o‘yinda shogirdlarimda charchoq alomatlari bor edi. Ikkinchi bo‘limda yigitlarga shunga bog‘liq ko‘rsatma berdik va ular shunga amal qilib, yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. Bundan xursandmiz. Bugungi bahs taqdirini zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar hal qilishdi. Ayniqsa, shogirdim Azamat Allaniyozovni ajoyib o‘yin va “xet-trik” bilan tabriklayman.

“Metallurg” futbolchilari bizga qaraganda ko‘proq dam olishdi. Shuning uchun bugun 2ta bo‘limda ikki xil o‘yin guvohiga aylandik. Tanaffusdn keyin shogirdalarim o‘z irodalarini anmoyish etib, yirik hisobdagi g‘alabani tantana qilishdi.

Hujumkor futbol namoyish etish borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, biz raqibga qarab, taktika tanlaymiz. Bugungi bahsning ikkinchi bo‘limida hujumkor futbol namoyish etgandik, buning natijasida yirik hisobda zafar quchdik.

Azamat Allaniyozov (“Navbahor” hujumchisi): - Avvalo bugungi g‘alaba bilan barcha namanganlik muxlislarni tabriklayman. Murabbiylarimizning ko‘rsatmalarini maydonda to‘liq bajarib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik. Bundan xursandmiz. Maydonga bugun o‘zgacha ishtiyoqda tushgandim va gol urishimni sezgandim. Asoosiysi, jamoamizga ko‘proq foyda keltirsam bo‘ldi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonda harakatlanganimda, nechta to‘p kiritgan bo‘lardim, bilmadimu, lekin gol urishim aniq edi.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilhom Mo‘minjonov: "Raqibga qarab, taktika tanlaymiz"