
O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Vitaliy Denisov yozda jamoasini tark etadi. 31 yoshli o‘zbekistonlik futbolchiga SSKA va «Krasnodar» klublari da’vogarlik qilmoqda.
Futbolchi yangi jamoasiga mutlaqo tekinga tushadi — yozda uning temiryo‘lchilar bilan tuzgan shartnomasi yakuniga yetadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Krasnodar» klubi Denisovga bir yilga uzaytirish sharti bilan ikki yillik shartnoma taklif etmoqda.
Denisov «Lokomotiv» tarkibida 2013 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U ushbu mavsumda RFPL doirasida 7 bor maydonga tushdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar